Jamiyat | 19:12 / 10.04.2016
11748
1 daqiqa o‘qiladi

1 iyundan kompozit (kapron) ballon o‘rnatilgan avtoransportlarga gaz to‘ldirish to‘xtatiladi

2016 yilning 1 iyunidan kompozit (kapron) ballon o‘rnatilgan avtotransportlarga gaz to‘ldirish to‘xtatiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev ma'lumotiga asoslanib, “Darakchi” nashri xabar bermoqda.

Vazirlar mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan avtoransport vositalari to‘g‘risida”gi umumiy reglamentning 48-bandida O‘zbekiston Respublikasida SPG-2, SPG-3 va SPG-4 turdagi ballonlarni avtotransport vositalariga o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilab qo‘yildi.

Mazkur qaror 2016 yilning 11 may kunidan kuchga kiradi.