Jamiyat | 20:46 / 10.04.2016
2089
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik ayol farzandlarining iPhone’ini quroldan o‘qqa tutdi
AQShda bir ayol o‘g‘illari va qiziga tegishli bo‘lgan bir nechta iPhone’ni namoyishkorona tarzda quroldan o‘qqa tutdi. Ayolning fikricha, smartfonlar bolalar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
"Men bu harakatim bilan ijtimoiy medialarning farzandlarimga ta'sirini bekor qilaman", deb aytdi ayol kameraga qurol ko‘tarib, to‘nka ustida turgan smartfonlarga o‘q uzishdan avval.
Shundan keyin ayol smartfonlarga o‘q uzadi. Rolikda, shuningdek, onasining harakatidan norozi bo‘layotgan qiz va ikki o‘g‘il bolani ko‘rish mumkin.