17:05 / 10.04.2016
2103

Anjyelina Joli BBC efirida qochqinlar muammosi haqida gapirdi

Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli BBC telekanalida qochqinlar haqidagi ma'ruzasi bilan chiqish qildi. Bu haqda Mirror xabar qilgan.

Qayd etilishicha, BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha maxsus elchisi (UNHCR) hisoblanadigan Joli migratsiya muammosi va uning butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani haqida gapirgan.

Aktrisa keyingi vaqtlarda qochqinlar haqidagi munozaralar siyosiylashib borayotgani va ba'zida ularda asossiz ma'lumotlar aytilayotgani haqida gapirgan.

Bundan oldinroq, Anjyelina Joli qochqinlar masalasida Gretsiya va Turkiyaga yordam berishga chaqirgandi.

Mart oyida u Livandagi Bekaa vodiysida suriyalik qochoqlar bilan uchrashgandi.

Anjyelina Joli livanliklarga tahsin aytdi

Top