Sport | 19:35 / 10.04.2016
1753
2 daqiqa o‘qiladi

APLning 33 turida «Lester» safarda «Sanderlend»ni yengib, chempionlik uchun yaqinlashdi

10 aprel kuni Angliya premer-ligasida 33 tur o‘yinlari davom ettirildi. Chempionat peshqadami «Lester» «Sanderlend» maydoniga safar qildi.

O‘yinning 66 va 90 daqiqalarida Jyeymi Vardi tomonidan urilgan 2ta gol «Lester»ga g‘alaba keltirdi. Endilikda Raneri shogirdlari ochkolari soni 72taga yetdi va jamoa turnir yakuniga 5ta tur qolganida eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 10 ochkoga ortda qoldirmoqda. Londonliklar hali 33 tur o‘yinini o‘tkazmadi. Ayni vaqtda 62 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda turgan «Tottenhem» o‘z maydonida «MYu»ni qabul qiladi.

«Lester» qolgan turlarning 3tasida ketma-ket g‘alaba qilsa, muddatidan oldin chempionlikni nishonlashi mumkin.

Jamoaning asosiy hujumchisi Vardi bugungi o‘yindagi gollari orqali o‘z natijasini 32ta o‘yinda urilgan 21ta golga yetkazib qo‘ydi.

Sanderlend – Lester 0:2
Gollar: 0:1 – 66 Vardi, 0:2 – 90 Vardi.
Sanderlend – Mannone, Kone, Kirxgoff, van Anxolt, Kabul, Mvila (Roduell, 68), Kettermoul, Xazri (N`Doyye, 68), Yyedlin, Defo, Borini (Lens, 76).
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Hut, Kante, Drinkuoter, Olbrayton (Amarti, 84), Mahrez (Grey, 81), Okazaki (Uloa, 62), Vardi.
Ogohlantirishlar: Borini (21), Fuks (30).