10:03 / 10.04.2016
1297

Arsen Venger «Arsenal»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 33-turida «Vest Hem»ga qarshi o‘tkazilgan va 3:3 hisobida yakunlangan safar uchrashuvidan keyin taassurotlarini bildirib o‘tdi.

«Biz hisob 2:3 bo‘lib turganida xarakter namoyish etdik va jamoaviy ruhimizni ko‘rsatdik. Keyingi 20 daqiqalikda 2 jamoa ham g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

Afsus futbolchilarim Kerrollga qarshi o‘ynay olishmadi. Lekin men ularni ayblash uchun bu yerda emasman. Biz o‘tkazib yuborilgan gollardan afsusdamiz, ayniqsa tanaffusga chiqish arafasida raqib hisobni tenglashtirgani yomon bo‘ldi.

Bizda chempionlik uchun imkoniyat bormi? Buni aytolmayman. Biz bugun o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani qiyinlashtirdik», – deydi Venger.

Endilikda «Arsenal» jamoasi chempionat peshqadami «Lester»dan 10 ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinda joylashgan.

Top