Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi Palm-deyra sun'iy orolida uchta mehmonxona va savdo markazi ochiladi
2017 yilda Dubaydagi Palm-deyra sun'iy orolida umumiy sig‘imi 1,8 ming kishilik, uchta mehmonxona va ikki kilometr masofaga uzangan bozor ochiladi. Bu haqida Dubay hukumatining tijoriy marketing va turizm boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yangi infratuzilma umumiy maydoni 17 million kvadrat metr bo‘lgan to‘rtta sun'iy orol hududida quriladi. Tasdiqlangan loyihalar ichida uchta mehmonxona va katta bozor mavjud. Qirg‘oq bo‘yidagi 750 xonali mehmonxona – bu RIU Hotels and Resorts ispanlar kompaniyasining dubaylik Nakheel dasturchilari bilan birgalikdagi yirik loyihasi hisoblanadi. Shuningdek, bu yerda Minor Hotels and Resorts nomli Tailand kompaniyasi bilan hamkorlikda 550 xonali o‘z akvaparkiga ega Centara hamda 500 xonali Avani oteli qad rostlaydi”, - deyiladi Dubay hukumatining tijoriy marketing va turizm boshqarmasida.
Loyiha doirasida shuningdek, maydoni 15,3 kv.km. bo‘lgan savdo markazi ham barpo etiladi. Tungi bozor 5,3 mingga yaqin do‘kon, shuningdek, 100ta kafe va restoranlarni o‘z ichiga oladi.
“Mazkur loyiha munosabati bilan Palm-Deyra turizm, chakana savdo va o‘yin-kulgi uchun dunyodagi eng go‘zal maskanlardan biriga aylanadi”, - deb qayd etiladi matbuot xizmatida.
Loyiha ishga tushirilgach, Dubayning qirg‘oq bo‘yi hududi 40 kilometrga kengayadi. Shuningdek, plyaj hududi ham 21 kilometrga uzunroq bo‘ladi.