19:07 / 10.04.2016
1732

Eron Hindiston bilan neft kelishuvlarini amalga oshirishda yevro bilan hisob-kitob qilishga o‘tmoqda

Eron Hindistonga neft yetkazib berishda rupiylardan voz kechib, yevroda hisob-kitob qilishga o‘tmoqda. Bu haqda Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zanganeh Tehronda bo‘lib o‘tayotgan Eron-Hindiston biznes-anjumani kuluarlarida aytib o‘tdi.

"Eron Hindistonga neft xom ashyosini rupiylarda sotishni to‘xtatdi va bundan buyog‘iga faqatgina yevroda sotadi", deb Zanganehning so‘zlarini keltirib o‘tdi SHANA agentligi.

Avvalroq Tehron va Nyu-Dehli Eron neftini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar imzolagani ma'lum bo‘lgandi. Ayni vaqtgacha Eron Hindistonga kuniga 350 ming tonna neft eksport qilib kelgan. Hindiston bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra Zanganeh Tehron sanksiyalarning bekor qilinishi sharoitida Hindistonga eksport qilinadigan neft hajmi oshishiga umid bildirayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Zanganeh Eron Dohada 17 aprelda OPeK davlatlari va Rossiyaning neft qazib olish hajmini muzlatish masalasi bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etishini bilish maqsadida berilgan savolga javob berishdan bosh tortdi va uchrashuvgacha hali vaqt borligini aytdi.

Eron neft hajmi va eksportini muzlatishga norozi bo‘lmoqda va buni Eronning sanksiyalar vaqtida neft bozorida yo‘qotgan mavqeini qaytarish istagi bilan tushuntirmoqda. Eron parlamentida joriy eron yiliga qabul qilingan byudjyetda energiya tashuvchilarning eksporti darajasi kuniga 2,25 mln barrel darajasida o‘rnatildi. 20 martdan boshlab Tehron har kungi neft eksporti hajmini 2 mln barrelgacha oshirdi.

Top