Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook ob-havoni ko‘rsatishni boshladi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i ob-havoni ko‘rsatish funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqida Mashable nashri xabar berdi.
Hozircha yangi funksiyani ayrim foydalanuvchilar ishlatib ko‘rishlari mumkin. Taxmin qilinishicha, ijtimoiy tarmoq ob-havo haqida ertalabki payt ma'lumot beradi. Bundan tashqari, bir necha kun oldinga ob-havo haqida ma'lumot olishga yordam beruvchi «ko‘proq ma'lumot olish» qo‘shimcha funksiyasi ham foydalanuvchilarga taqdim etilgan.
Ta'kidlanishicha, ob-havo ma'lumoti funksiyasi ikki oy davomida sinov rejimida ishlaydi.