20:32 / 10.04.2016
1347

Jyeymi Vardi: «Sanderlend» muxlislari bizni ham olqishlashdi. Bu shunchaki ajoyib»

«Lester» hujumchisi Jyeymi Vardi APLning 33 turida «Sanderlend»ga qarshi safarda o‘tkazilgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi ehtirosli fikrlarini aytib o‘tdi.

«O‘yin tugab, jamoalar maydondan chiqayotganida «Sanderlend» muxlislari bizni ham olqishlashdi. Bunga teng keladigan ish yo‘q bu dunyoda.

O‘yin ajoyib o‘tdi. Biz bu g‘alaba oson kelmasligini bilardik va g‘alaba uchun qattiq mehnat qildik.

«Lester» chempionlik uchun qadamma-qadam yaqinlashmoqda. Biz bugan kunning oxirigacha bugungi g‘alabamizdan rohat olamiz. Keyin esa ishga qaytamiz va keyingi turga tayyorlana boshlaymiz», – deydi hujumchi.

O‘yinning 66 va 90 daqiqalarida Jyeymi Vardi tomonidan urilgan 2ta gol «Lester»ga g‘alaba keltirdi.

Vardi bugungi o‘yindagi gollari orqali o‘z gollari sonini 21taga yetkazdi.

Top