Sport | 01:18 / 10.04.2016
1464
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu Primerada 6 ta mavsumda 30 tadan gol urgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatida ketma-ket 6 ta mavsumda 30 tadan gol urgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi chempionatning 32-turida “Eybar” bilan uchrashuvda raqib darvozasiga 3-golni kiritdi. Uchrashuv madridliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Ronaldu joriy chempionatdagi 30-golini kiritdi hamda to‘purarlar borasida yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni “Barselona” hujumchisi Luis Suares 26 ta gol bilan egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish