23:13 / 10.04.2016
1532

«Lester» «MYu»ning mag‘lubiyatidan keyin YeChL yo‘llanmasini naq qildi

33 turda «Sanderlend»ni safarda 2:0 hisobida mag‘lub etgan «Lester» jamoasi hisobidagi ochkolar soni 72taga yetdi.

Bu o‘yindan keyinroq o‘tkazilgan «Tottenhem» - «Manchester Yunayted» uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Natijada, manchesterliklar 53 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoldi va amalda «Lester» qolgan turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar kuchli to‘rtlikni tark etmasligi aniq bo‘ldi.

Endilikda, «Lester» keyingi mavsumda Angliya nomidan Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalardan biri bo‘ladi. Bu jamoa tarixida YeChLdagi ilk ishtirok hisoblanadi.

Top