20:04 / 10.04.2016
1462

Pakyao o‘zining so‘nggi jangida Bredlini mag‘lub etdi

8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik superbokschi Menni Pakyao o‘rta vazn toifasida WBO International chempioni unvoni uchun amerikalik Timoti Bredlini mag‘lub etdi. Bu haqda "R-Sport" nashri xabar bermoqda.

9 aprelda Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan jang hakamlarning yakdil qarori bilan filippinlik charm qo‘lqop ustasi foydasiga yakunlandi.

Raqiblar ringda uchinchi bor to‘qnashishdi: 2012 yilda Bredli, 2014 yil aprelida Pakyaoning qo‘li baland kelgan edi.

Bredli bilan navbatdagi jang Pakyaoning 2015 yil may oyida amerikalik bokschi Floyd Meyuezerdan mag‘lubiyatidan keyingi birinchi jangi bo‘ldi.

37 yoshli Pakyao uchun bu g‘alaba 58-g‘alaba bo‘ldi. Bokschining hisobida, shuningdek, 6 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang jang bor. 32 yoshli Bredli 33 ta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyatdan keyin yana bitta mag‘lubiyatga uchradi.

Bredli bilan jang Pakyao uchun professional ringdagi oxirgi jang bo‘ldi. Bokschi keyingi hayotini siyosat bilan bog‘lamoqchi. Ayni vaqtda u Filippin senatiga may oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga nomzodini qo‘ygan.

Top