02:00 / 10.04.2016
1343

Kobulda Jon Kerrining tashrifidan so‘ng uchta raketa qulab tushdi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda ikki politsiya bo‘limi bilan birga uchta raketa qulab tushgan, deb xabar qiladi TOLO News telekanali o‘z tvitterida. 

Avval xabar qilinishicha, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri tashrifidan so‘ng Kobuldagi horijiy diplomatik vakolatxonalar joylashgan hududda kamida ikkita portlash sodir bo‘lgan.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri tashrif chog‘ida “Tolibon” radikal guruhi jangarilariga yuzlanib, zo‘ravonlikdan voz kechish va afg‘on hukumati bilan tinchlik muzokaralariga kelishishga chaqirgan.

Top