Sport | 19:54 / 10.04.2016
1929
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: «Volfsburg»ga qarshi o‘yin sehrli o‘tadi va «Real» YeChLda ishtirokini davom ettiradi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL chorak finalida «Volfsburg»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Birinchi uchrashuvda uning jamoasi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgandi.

«Seshanba kuni muxlislarni katta futbol oqshomi kutadi. Bu o‘yin sehrli kechadi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ostida bizning jamoamizning barcha futbolchilari birinchi daqiqadanoq o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishga kirishishadi. Biz kerakli hisobda g‘alaba qilamiz va Yevropa chempionlar ligasini tark etishdan qutilib qolamiz. Olg‘a, Madrid!

«Volfsburg»ni qanday qilib mag‘lub etamizmi? Bizni 80 ming muxlis olg‘a boshlab turganda butun jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Men har bir muxlisning olqishini eshitib turishni istayman, bu oldindagi uchrashuv oldidan biz uchun katta plyus bo‘lardi», — deydi Ronaldu Real Madrid TV telekanaliga bergan intervyusida.

«Reala» va «Volfsburg» jamoalari o‘rtasidagi bahs 12 aprel kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish