Angliya chempionatining 33 turining markaziy uchrashuvi «Tottenhem» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi belgilanganidek Toshkent vaqti bilan soat 20:00da emas, 20:30da boshlanadi. Bunga mehmonlar jamoasi avtobusi London shahrida yuzaga kelgan tirbandlik orasida qolgani sabab bo‘lgan. Bu haqda londonliklar jamoasi tvitterida ma'lum qilingan.
UPDATE: Kick-off is now delayed until at least 4.30pm.
— Tottenham Hotspur (@SpursOfficial) 10 aprelya 2016 g.
Ushbu o‘yinda maydonga tushadigan futbolchilar tarkibi ma'lum bo‘lgan:
«Tottenhem»: Loris, Uolker, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Dayyer, Dembele, Lamela, Eriksen, Alli, Keyn.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Fosu-Mensa, Smolling, Blind, Roxo, Shnayderlin, Kerrik, Mata, Lingard, Marsiyal, Reshford.