Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tottenhem» «Manchester Yunayted»ni 5 daqiqada urilgan 3ta gol evaziga mag‘lub etdi
APLning 33 turidan o‘rin olgan oxirgi uchrashuv yakunlandi. O‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilgan «Tottenhem» jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozonib, chempionlik poygasidagi ishtirokini davom ettirdi.
O‘yinning 70, 74 va 76 daqiqalarida Alli, Alderveyreld va Lamela tomonidan urilgan gollar 5 daqiqayu 46 soniyada o‘yin taqdirini hal qildi.
Endilikda, «Tottenhem» ochkolari sonini 65taga yetkazib, peshqadam «Lester»ni ta'qib etadi. «MYu» esa 53 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoldi.
Tottenhem – Manchester Yunayted 3:0
Gollar: 1:0 – 70 Alli, 2:0 – 74 Alderveyreld, 3:0 – 76 Lamela.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Alderveyreld, Rouz, Dayyer, Alli (Meyson, 90), Dembele, Eriksen, Lamela (Shadli, 87), Uoker, Keyn (Son Xyn Min, 89).
Manchester Yunayted – De Xea, Fosu-Mensa (Darmian, 68), Smolling, Roxo, Blind, Mata (Depay, 76), Kerrik, Lingard, Shnayderlin, Marsyal, Reshford (Yang, 46).
Ogohlantirishlar: Rouz (72), Darmian (73), Uoker (83), Depay (83), Yang (84), Alli (90).