O‘zbekiston | 19:42 / 11.04.2016
1563
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda O‘zbekistonda 26 ming tonna qimmatbaho sanoat xomashyosi tayyorlanadi

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan ma'lum qilishlaricha, joriy yilda 26 ming tonna qimmatbaho sanoat xomashyosi tayyorlanadi. Buning uchun 451 ming 440 quti ipak qurti parvarishlanadi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Ipak qurti urug‘ini sifatli tayyorlash maqsadida urug‘larni jonlantiradigan inkubatoriyalar ta'mirlanib, qayta jihozlandi. Ipak qurti urug‘larini tarqatishda viloyatlardagi mavjud tutzorlar va tut barglarining miqdori e'tiborga olinmoqda.

Mavsumda O‘zbekistonda pillakorlarni barg bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida 80 million yakka tut qatori va 51 ming gektar tutzorda bahorgi yumushlar, agrotexnik tadbirlar jadal davom etayotir. Joriy yilda bir ming ikki yuz gektardan ziyod maydonda yangi tutzorlar tashkil etish belgilangan. Mavjudlarining xatosi to‘ldirilib, ariq atroflariga qo‘shimcha tut ko‘chatlari ekiladi.

Bir tonna pilladan 350 kilogramm ipak, 20 ming metr adras, 13 ming metr atlas kabi o‘ndan ortiq mahsulot olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish