07:04 / 11.04.2016
1484

AP: Kerri AQShning Xirosimani bombardiron qilgani uchun kechirim so‘ramoqchi emas

Xirosimada atom bombardimonlari qurbonlari xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi va Tinchlik muzeyiga 11 aprelda birinchi marta tashrif buyurishi kutilayotgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh tomonidan 1945 yilda Yaponiyaning Nagasaki va Xirosima shaharlarining atom bombalari bilan bombardimon qilingani uchun kechirim so‘ramoqchi emas, deb xabar bermoqda bir manbaga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi.

Xirosimada "katta yetttilik" (G7) tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etayotgan AQSh delegatsiyasidagi amaldorlardan birining aytishicha, Kerri yodgorlikka gullar qo‘yib, bunday imkoniyatdan AQSh prezidentining ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishning oldini olish zarurligi haqidagi qarashlarini ilgari surish uchun foydalanmoqchi.

Avvalroq Barak Obama may oyida Xirosimaga kelishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top