18:56 / 11.04.2016
1410

BMT: Gretsiyaning Makedoniya bilan chegarasida to‘plangan aholi katta tashvish keltirib chiqaradi

BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissiriati boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Gretsiya va Makedoniya chegarasida yuzaga kelgan muhojirlarning ulkan olamoni katta tashvish keltirib chiqaradi. Makedoniya politsiyasi hatto ularga qarshi ko‘zdan yosh keltiruvchi gazlardan foydalangan.

Ushbu boshqarmaning vakili bo‘lmish Edrian Evardsning ta'kidlashicha, Idomeni yaqinidagi chegarada yuzaga kelgan vaziyat, ya'ni zo‘ravonlik va ko‘zdan yosh chiqaruvchi gazlardan foydalanilishi boshqarmani tashvishga solmoqda. Uning aytishicha, bu holat muhojirlar va qochqinlar masalasiga mas'ullarning e'tiborini o‘ziga qaratishi kerak.

Edvardsning eslatishicha, so‘nggi oylarda bir tomondan Yevropa davlatlarining chegarada turgan kuch ishlatar tuzilmalari xodimlari, ikkinchi tomondan esa o‘sha davlatlarga o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlar va qochqinlar o‘rtasida tez-tez to‘qnashuvlar, ziddiyatlar yuzaga kelmoqda.

Top