17:47 / 11.04.2016
1943

Mark Tsukerberg Facebook mobil dasturining kompaniya uchun chiqarilgan rusumini ko‘rsatdi

2016 yil 6 aprel kuni Facebook Live videoservisining butun jahon translyatsiyasi vaqtida ijtimoiy tarmoq rahbari Mark Tsukerberg Facebook mobil dasturining kompaniya uchun chiqarilgan va ko‘proq funksiyalarga ega bo‘lgan rusumini ko‘rsatdi.

Videoda rahbar bu dasturning kompaniya xodimlari foydalanishi uchun yaratilgan – “sariq” rusum ekanligini tushintirib berdi. U har xil funksiyalarni test qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faqatgina kompaniya xodimlari tomonidan foydalaniladi.

Bu rusum yangi yozmalarni kiritishni osonlashtiruvchi yaxshilangan interfeysga ega ekan.

“Nima haqida o‘ylayapsiz?” oynachasi har doim ochiq bo‘lib, matn kiritishga har doim tayyor turadi. Uning ustiga bosilganda bir necha harakatlarni o‘z ichiga olgan menyu paydo bo‘ladi. Menyudagi variantlarning birida eslatma yozish, fotosuratni yuklash yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani ishga tushirish mavjud.

Shunisi ma'lum bo‘ldiki, Facebook yangi dizaynni ikki oy oldin ishga tushirgan bo‘lib, lekin bu hamma foydalanuvchilar uchun mo‘ljallanmagan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, redizayn foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqda ko‘proq ma'lumotlarni yuklashga da'vat etish maqsadida amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, kompaniya xodimlarining Facebook mobil dasturiga qo‘shiq kompozitsiyasi, GIF- suratni va slayd-shouni yuklash funksiyasi ham qo‘shilgan. Hozirgi kunda GIF- suratni ijtimoiy tarmoqga yuklash mumkin, lekin uning uchun alohida tugma mavjud emas.

Top