14:29 / 11.04.2016
1314

Maskerano: Hech kim «Barselona»ning barcha turnirlarda favorit ekanini unutmasligi kerak

«Barselona» jamoasi himoyachisi Xaver Maskerano Ispaniya chempionatining 32 turida «Real Sosedad» klubidan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z jamoadoshlari tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi.

«Hozir biz o‘zimizni hamishagidan ko‘ra ko‘proq xotirjam sezib, o‘zimizga bo‘lgan ishonch bilan harakat qilishimiz lozim. Biz barcha turnirlarda favoritmiz va buni hech kim unutmasligi kerak», — deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Sport nashri.

Ayni vaqtda kataloniyaliklar jamoasi Ispaniya chempionatida 76 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda borayotgan «Atletiko» va «Real» jamoalari hisobida mos ravishda 73 va 72tadan ochko mavjud.

Top