Sport | 08:40 / 11.04.2016
1151
2 daqiqa o‘qiladi

Maurisio Pochettino: «Tottenhem» chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Bunga ishonish kerak»

«Tottenhem» jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan keyin (3:0) intervyu berdi.

«Men natijadan juda xursandman. Menimcha, bugun «Tottenhem» a'lo darajada o‘ynadi. Bizning futbolchilar g‘alabaga haqli edi. Men bundan baxtiyorman.

«Tottenhem» hali ham chempionlik uchun imkoniyatga ega. «Lester» bilan farq 7 ochko. Bu farqni yo‘qqa chiqarishimizga ishonish kerak. Biroz oldin, «Lester»ning o‘yinidan keyin oradagi farq 10 ochkoni tashkil qilib turgandi. Qiyin bo‘ldi, lekin biz o‘z ishimizga mas'uliyat bilan yondashdik, bu muhim edi.

Meningcha, «Tottenhem» tomoshabop va irodali o‘yin namoyish qildi. Jamoa mavsum boshidan buyon kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda, biz o‘z ishimizdan ko‘nglimiz to‘lgan holda ishlamoqdamiz.

Alli ertaga 20 yoshga to‘ladi. Gol unga va jamoaga juda muhim edi. Bu futbolchi har imkoniyatidan mahorat bilan foydalanmoqda. Uning harakatlari barchani mamnun etadi.

O‘yinning yarim soatga kech boshlangani (mehmonlarning avtobusi Londonda tirbandlikda qolgani tufayli - tahririyat) bizga biroz noqulaylik tug‘dirdi. Ba'zir rejalarni o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keldi. Lekin bu ikki jamoa uchun ham ta'sir ko‘rsatgandi. Men o‘ylaymanki, «Tottenhem» yaxshi o‘ynadi», – deydi argentinalik murabbiy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish