Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:19 / 11.04.2016
2232
1 daqiqa o‘qiladi
Medvedev ilmiy unvonlar bilan taqdirlash tartibini o‘zgartirdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumatning ilmiy darajalar berish tartibi o‘zgargani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar bergan.
"Bugungi kunda soxta himoyalar bilan bog‘liq mojarolar ancha kamaygan. Shunday bo‘lsa-da, amaldagi tajriba unga tuzatishlar kiritilishi kerakligini ko‘rsatdi. Taklif etilgan o‘zgarishlar Davlat ilmiy attestatsiyasi tizimida ish unumdorligini oshirishga qaratilgan", - deb izoh berdi Medvedev.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ilmiy attestatsiyaning bu tizimi maksimal darajada aniq bo‘lishi kerak.