16:48 / 11.04.2016
1232

Somalida xudkush hukumat binosi oldida o‘zini portlatishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadisho shahridagi hukumat binolaridan birida mina o‘rnatilgan avtomobil portlashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda politsiya mayori Muhammad Nurga asoslangan holda Reuters xabar tarqatdi.

Guvohlar hukumat binosi yaqinidagi restoran oldida terrorchi boshqaruvidagi avtomobil portlatilishi oqibatida halok bo‘lgan 5 kishining jasadini ko‘rishgan.

Mogadishoda 9 aprel, shanba kuni avtomobil portlashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgandi.

Hozircha bu teraktlar uchun hech qaysi tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Somalida "Ash-Shabob" tashkiloti harakat qiladi. Bu tashkilot "Al-Qoida" bilan hamkorlik qiladi.

Top