10:45 / 11.04.2016
1625

Van Gaal «Tottenhem»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin raqiblarni kamsitdi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal APL 33-tur doirasidagi «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda (0:3) uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin ikkala jamoaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini solishtirib o‘tdi.

«Agar barchasini taroziga solib ko‘radigan bo‘lsak, biz hamon oldindamiz. Katta jamoalarning chorlovi ham katta bo‘ladi.

Men «Tottenhem» bilan shartnoma imzolashni istagandim va Deniel Levi ham buni yaxshi biladi. Ammo «Manchester Yunayted»da chorlov katta bo‘lgan va umuman har doim ularning chorlovi katta bo‘lishi ham kerak.

«Tottenhem»dagilar meni ma'zur tutishsin, ammo «Manchester Yunayted» klub sifatida har doim londonliklardan ustun bo‘lib kelishgan. Siz bugungi natijadan ilhomlanib bu kabi savollarni berishingiz mumkin. Ammo bugungi mag‘lubiyatimiz bunda muhim ahamiyat kasb emaydi, deb o‘ylayman», – deydi van Gaal.

Top