21:01 / 12.04.2016
1646

Artem Dzyuba: «Ingliz jamoalaridan biriga o‘tishni orzu qilaman. Yoki eng kamida «Real»ga»

«Zenit» jamoasi hujumchisi, Rossiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi Artem Dzyuba kelgusida o‘zining Yevropadagi jamoalardan biriga yo‘l olishi ehtimoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

«Aniq taklif bildirganlar yo‘q. Shu haqda gaplar bo‘ldi, «Milan» va «Fiorentina», yana bir ingliz jamoasi qiziqayotgani haqida aytishdi.

Umuman, mening orzuim – ingliz jamoalaridan biriga o‘tish. Yoki eng kamida «Real»ga (kuladi). Men shunchaki, bolaligimdan «Real»ga muxlisman, lekin Ispaniya chempionati menga to‘g‘ri kelmaydi.

U yerda juda sekin va zerikarli o‘ynashadi. Hatto yotib, uyoq-buyoqqa qarab, burun qoqib, keyin to‘pni kimga uzatishga qaror qilsa ham bo‘ladi. Angliyada esa barchasi tez, u yerda haqiqiy kurash va ehtiros bor.

Lekin men «Zenit»daligimdan xursandman. Oldinda menda bu jamoa bilan chempionatni va mamlakat Kubogini yutish uchun vaqt bor. Biz hali jang qilamiz», – deydi Dzyuba.

Top