10:06 / 12.04.2016
1612

Goldman Sachs qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdagi qoidabuzarliklari uchun 5 mlrd dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi

AQShning eng yirik investitsion banklaridan biri Goldman Sachs 2005 yildan 2007 yilgacha davrda qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdagi qoidabuzarliklari uchun umumiy hisobda 5,06 mlrd dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligining matbuot bayonotida aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, 2,385 mlrd dollar jarima "fuqarolik-huquqiy javobgarlik" bandlari bo‘yicha, 1,8 mlrd dollar ziyon ko‘rgan mijozlar va uy egalariga tovon puli sifatida, 875 mln dollar esa federal hukumat va shtatlar hokimiyatlariga to‘lanadi.

"Ushbu kelishuv Goldman Sachs’ni investorlarga biror-bir narsa bilan qo‘llab-quvvatlanmagan, bank esa bu haqda bilgan, qimmatbaho qog‘ozlarni sotishda aldov ishlatishi bilan bog‘liq jiddiy qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortadi", deyilmoqda bayonotda.

Kelishuv doirasida Goldman Sachs bir qator mijozlarga ipoteka kreditlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar taqdim qiladi, shundan keyin AQSh hukumati bankka e'tirozlaridan tamomila voz kechadi.

Bank boshqa bir qator yirik moliyaviy kompaniyalar (Bank of America, JP Morgan Chase va boshqalar) bilan birga, ular orasida uchta yirik reyting agentligi ((Fitch, S&P, Moody`s) ham bor, AQSh tomonidan fond bozorida firibgarliklar amalga oshirganlikda gumon qilingan. Moliyaviy institutlar qimmatbaho qog‘ozlarning xatarlari bo‘yicha baholarni ataylab pasaytirishgan. Bu qog‘ozlar keyinchalik AQSh ipoteka kompaniyalariga sotilgan.

Top