Insonning fazoga ko‘tarilganiga 55 yil to‘ldi
Bundan roppa-rosa 55 yil muqaddam, aniqrog‘i, 1961 yilning 12 aprel kuni sobiq ittifoq fazogiri, 27 yoshli mayor Yuriy Gagarin “Vostok” fazo kemasida insoniyat tarixida ilk bor bor fazoga ko‘tarildi. U Yer sayyorasi orbitasini aylanib chiqdi. Bunga roppa-rosa 89,1 daqiqa vaqt sarflandi. Bu aynan bir davlatning emas, balki butun insoniyatning, butun ilm-fanni yutug‘i hisoblanadi. O‘shanda fazo kemasi loyihachisi Sergey Korolyov shunday degan edi: “Gagarin inson nimalarga qodir ekanligini isbotladi”.
Bundan besh yil muqaddam, insonning fazoga ko‘tarilganiga yarim asr to‘lishi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasida 12 aprel — Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni deb belgilandi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi ko‘chalar, shaharlar uning nomi bilan ataladi. Fazogir sharafiga haykallar o‘rnatilgan. Masalan, Oyning orqa tarafidagi kraterga Gagarin nomi berilgan.
Jumladan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ham Yuriy Gagarin haykali qad rostlab turibdi. Bu yerda har yili shu kunda Fazogirlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkaziladi.