19:50 / 12.04.2016
1552

Loran Blan: «PSJ» gol urishi kerak, boshqa yo‘li yo‘q. Buni barchamiz bilamiz»

«PSJ» jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan «Manchester Siti»ga qarshi YeChL chorak finalining javob uchrashuvi oldidan (birinchi bahs natijasi - 2:2) oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Verratti biz bilan kelgan. O‘yinda mas'uliyat barchaga birdek tushadi. Mo‘'jiza yuz berib, Verratti o‘yinga tayyor bo‘lishiga umid qilamiz.

Biinchi uchrashuvni tahlil qilib, xatolarimizni ko‘zdan kechirdik. Biz himoyada ishonchliroq harakat qilishimiz kerak. Bu bosqichdan o‘tishimiz mumkin, ammo bu juda qiyin ishligini tushunamiz. Biz jipsroq va ishonchliroq o‘ynashimiz kerak. Gol urishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q, buni bilamiz. Kim kamroq gol o‘tkazsa, o‘sha yo‘lda davom etadi, chunki ertaga gollar bo‘lishi aniq», – deydi Blan.

Top