22:37 / 12.04.2016
1317

OAV: «Manchester Yunayted» narxi mavsum boshidan buyon 400 mln funtga arzonlashdi

«Manchester Yunayted» jamoasi narxi 2015-16 yillar mavsumi boshidan buyon 2 mlrd funtdan 1,58 mlrd funtgacha tushgan. Bu haqda Sky Sports xabar yozgan.

2014 yilning yozida jamoaga hollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal bosh murabbiy sifatida kelganidan buyon jamoaning bozor kapitalizatsiyasi deyarli 1 mlrd funtga kamaygan.

Narxning pasayishiga joriy mavsumda «Manchester Yunayted» ko‘rsatayotgan omadsiz ishtirok sabab bo‘lgan. Jamoa YeChLning guruh bosqichida qolib ketdi, UYeFAda ham ishtirokni uzoq davom ettira olmadi. APLda esa jamoa ayni vaqtda, 32 tur o‘yinlaridan keyin beshinchi o‘rinda joylashgan.

Lekin, jamoa brendi ommalashishda davom etgan, rahbariyat tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli shartnomalar tuzishga erishgan. Xususan, Chevrolet bilan rekord darajadagi summaga homiylik shartnomasi tuzilgan.

«Manchester Yunayted» aksiyalari qiymati 2016 yilda 20 foizga arzonlashdi

Van Gaal kelgach «Manchester Yunayted» qiymati 1 mlrd dollarga arzonlashdi

Top