Jamiyat | 19:53 / 12.04.2016
5511
2 daqiqa o‘qiladi

Rixsixon Ibrohimova: “Hozirgi imidjim balki yoshlikdan o‘rganish bo‘lib qolgandir”

O‘zbekiston xalq artisti Rixsixon Ibrohimova “Darakchi” gazetasi bilan suhbatda ijodi va shaxsiy hayotiga doir savollarga javob qaytardi.

Jumladan, u shunday deydi: “Televidiniyeda ilk bor jonli ijroda “Vanya tog‘a” spektakli bilan ekranga chiqqanmiz. Ketma-ket telespektakllarda ishtirok etganman. Shunda aktrisa ekanimdan bexabar akam meni televizorda ko‘rgach, uyda katta janjal bo‘lgandi. Otam o‘zi ruxsat berganini aytib, yonimni olgani yodimda. Akam haligacha, “Aktrisa bo‘lishing kerak emasdi-da”, deb hazillashadilar. Lekin ijroimdagi rollarni ko‘rganida, “O‘shanda bekor urishgan ekanman”, deydilar. Televidiniyeda uzoq yillar “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvida ham qatnashganman. 60 yildan ortiq sahnada bo‘lsam ham, akamning farqingni qiyshiq ochmaysan, tirnog‘ingni bo‘yamaysan!”, degan talabini eslab kulaman. Hozirgi imidjim balki yoshlikdan o‘rganish bo‘lib qolgandir!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish