19:12 / 12.04.2016
8330

Saudiyalik qizcha arg‘imchoq uchish vaqtida arqonga o‘ralib halok bo‘ldi

Saudiyalik qizcha uyida arg‘imchoq uchayotib, arqonga o‘ralib qoldi va bo‘g‘ilib, jon berdi. Bu haqida Emirates 24/7 nashri xabar qilgan.

Qiz o‘zining Janubiy Asir provinsiyasidagi uyida bog‘da arg‘imchoq uchayotgan bo‘lgan va birdan muvozanatini yo‘qotgan.

Arg‘imchoqdan qulayotib uning bo‘yni arqonlar orasida qolib ketadi. Qarindoshlari uni arqonga osilib yotgan holida topishgan.

Qizning aniq yoshi ko‘rsatilmagan.

Top