17:37 / 13.04.2016
1446

APLda yil futbolchisi bo‘lish da'vogarlarning yarmini «Lester» vakillari tashkil etdi

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi APLda mavsumning eng yaxshilari bo‘lish uchun da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogar futbolchilar ro‘yxatiga 6 nafar futbolchi kurgan va ularning yarmi «Lester» vakillaridir: Harri Keyn («Tottenhem»), Mesut O‘zil («Arsenal»), Dimitri Payye («Vest Hem»), Jyeymi Vardi, Riyod Mahrez, Ngolo Kante (barchasi – «Lester»).

Shuningdek, mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida taqdirlanish uchun 6 da'vogar aniqlangan: Filippe Koutino («Liverpul»), Jyek Batlend («Stok Siti»), Dele Alli, Harri Keyn (ikkisi – «Tottenhem»), Ross Barkli va Romelu Lukaku (ikkisi – «Everton»).

Ma'lumot uchun, bu futbolchilar APL jamoalari murabbiylari va sardorlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlangan.

Top