08:39 / 13.04.2016
1356

AQSh IShID jangarilari soni 2014 yildan buyon eng kam miqdorga tushgani haqida ma'lum qildi

Suriya va Iroq hududidagi IShID jangarilari soni ayni vaqtda keyingi 2 yil ichidagi eng kam miqdorni tashkil qilmoqda. Bu haqda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Entoni Blinken Senat eshittiruvi vaqtida aytib o‘tgan.

"2014 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan monitoring xulosalariga ko‘ra, IShID jangarilari soni o‘tgan vaqt ichidagi eng kam miqdorga tushgan", deydi u.

Bundan oldinroq, "yettilik" davlatlari Suriya va Iroq hududidagi IShID jangarilariga qarshi kurashni "kuchaytirish va yana kuchaytirish" lozimligini qayd etib o‘tishgandi.

Top