19:09 / 13.04.2016
1474

«Aston Villa» mavsum yakunida jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqlamaydigan bo‘ldi

«Aston Villa» joriy mavsum yakunida yil davomida jamoaning eng yaxshisi bo‘lgan futbolchisini aniqlash va uni taqdirlash an'anasidan voz kechdi.

Bu qarorga jamoa mavsum yakunida APLni tark etishi deyarli oydinlashgani sabab bo‘ladi.

«O‘ylaymanki, muxlislarimiz vaziyatni yaxshi tushunishadi», – degan klub vakili.

«Aston Villa» keyingi turda «Norvich» jamoasi «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda yutqazmasa, o‘zining qolgan 5 turda qanday natijalar ko‘rsatishidan qat'i nazar chempionshipga tushib ketadi.

Top