16:21 / 13.04.2016
1762

Gabi: «Barselona»ga qarshi o‘yinda hissiyotlarni boshqarish muhim. «Atletiko» esa bunga tayyor»

«Atletiko» jamoasi yarimhimoyachisi Gabi Yevropa chempionlar ligasining «Barselona»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Messiga qarshi o‘yinga tayyorlanish qiyin. U maydonning istalgan qismida o‘zi uchun vaziyat yarata oladi. Lekin «Atletiko» «Barselona»ning butun tarkibiga ham qarshi tayyorlangan.
Biz bunday o‘yinda avvalo o‘z hissiyotlarimizni tiya olishimiz kerak bo‘ladi. Biz aynan shunday qilamiz.

Karrasko bizning safimizga kelib qo‘shilganida uning o‘yini nisbatan barqaror emasdi. Yannik jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘lish uchun qattiq tirishdi. Endi bu futbolchi jamoada alohida o‘ringa ega.

Torres bugun o‘ynay olmaydi, lekin«Atletiko» hamisha bunday holatlarni yengib o‘tgan. O‘z vaqtida biz Godinsiz yoki Kostasiz ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib, ularning yo‘qligini bildirmaslikni uddalagandik», – deydi xavbek.

«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi javob uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Jamoalarning birinchi uchrashuvi kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Top