Iqtisodiyot | 14:54 / 13.04.2016
2937
2 daqiqa o‘qiladi

"Gazprom" va Turkiya gaz narxi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi va Turkiya tomoni gaz narxi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi. Ushbu masalada kelishuvga erishilgani xususida yaqin orada e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar qilmoqda.

Turkiyaning xususiy gaz kompaniyalari va Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi shu kunlarda yoqilg‘i narxini shakllantirish borasida ziddiyatli masalalarni hal qilishgan.

"Gazprom" Turkiyaning Botas davlat kompaniyasidan tashqari, Enerco Enerji, Avrasya gaz va Akfel gas (bular Akfel Holding guruhiga kiradi), Bosphorus gas, Shell Turkey, Bati Hatti va Kibar Enerji kabi xususiy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

O‘tgan yil aprelida gaz uchun 10,25 foiz chegirma berish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Shu yilning mart oyida Enerco enerji kompaniyasi "Gazprom eksport"ni gaz narxini ko‘tarishni talab qilayotganlikda ayblagan edi. Turk tomoni ushbu taklifni rad etganidan so‘ng, Rossiya tomoni yoqilg‘i yetkazib berishni cheklay boshlagandi.