Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halbrad - g‘aroyib dizaynga ega ixcham velosiped
Nemis dizayneri Feliks Krushchardning fikricha, velosipedlar shahar ichida harakatlanda qulay bo‘lishi, qolaversa, ularni ofisda, uyda yoki jamoat transportlarida joylashtirganda ixcham bo‘lishi lozim. Shu bois u o‘zi loyihalashtirgan
velosipedini omma e'tiboriga havola etdi.
Halbrad — ixcham ko‘rinishga ega g‘aroyib dizaynli velosiped bo‘lib, turli o‘lchamlarga ega ikki xil g‘ildiragi, yig‘iladigan o‘rindiq va uning ortida joylashtirilgan rul mexanizmiga ega. Uning og‘irligi 9 kg. bo‘lib, uzunligi 79 sm.ni tashkil etadi. Oyoq toromozi, transmissiyasi klassik modellarnikiga o‘xshash.
G‘aroiyb velosiped juda ixcham bo‘lib, uni istalgan joyda joylashtirish mumkin. Dizayner ayni damda Halbrad’ni yanada takomillashtirish ustida izlanmoqda. Darvoqe, ushbu velosiped Startnext savdo maydonida 1250 yevro qiymatida baholangan.




