O‘zbekiston | 20:58 / 13.04.2016
1452
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda Eron elchisi bilan uchrashuvda bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi

13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligining hozirgi holati, yaqin orada o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish