16:27 / 13.04.2016
1843

O‘zbekiston va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashlari kotiblari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

13 aprel, chorshanba kuni Toshkentda Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 11-uchrashuvi doirasida O‘zbekiston respublikasi prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Maxmudov Qozog‘iston respublikasi prezidenti yordamchisi — Xavfsizlik kengashi kotibi N. Ermekbayev bilan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning hozirgi raisligi va Toshkent shahrida ShHT davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi davomida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kutilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonning ShHTga raisligi tufayli tashkilot bilan hamkorlik doirasida 13 aprel kuni Toshkent shahrida tashkilot Xavfsizlik kengashi kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi boshlandi.

Top