19:30 / 13.04.2016
1604

Ruy Vitoriya: «Biz «Bavariya»ga qarshi o‘yinda juda yaxshi himoyalanishimiz kerak»

«Benfika» jamoasi bosh murabbiyi Ruy Vitoriya «Bavariya»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan bu jamoaga qarshi yaxshi himoya tashkil etishimiz kerak. Ular turnirda g‘olib chiqish uchun asosiy da'vogarlardan biri. «Bavariya» safarda ham uyda o‘ynagani kabi harakat qiladi. Hozircha maydonga Nikolas Gaytanni tushira olishim aniq emas. Buni o‘yin boshlanishi arafasida aniq aytishim mumkin.

Biz Myunxendagi birinchi o‘yinda g‘alaba qila olmagandik, lekin birinch o‘yinda taktik jihatdan to‘g‘ri harakatlar amalga oshirgandik. Biz «Bavariya» o‘yin ssenariysini o‘zi istagan yo‘singa bura olishi mumkinligini bilamiz, bunga ularning tarkibida saviyali futbolchilar borligi imkon beradi.

Agar biz ularga o‘zi istagan o‘yinni ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymasak, ular boshqa yo‘l qidirishadi.

Myunxendagi o‘yinda bizni 5 ming muxlis qo‘llab-quvvatlab turgandi. Uy o‘yinimizda esa stadion muxlislarimiz bilan to‘lishi kerak. Bu juda muhim», — deydi murabbiy.

Top