Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 22:02 / 13.04.2016
2374
1 daqiqa o‘qiladi
Zidan Benzema "Volfsburg"ga to‘rtinchi golni ura olmagan vaziyatda shimini yirtib oldi
"Real"ning YeChLning chorak finali javob uchrashuvida "Volfsburg"ga qarshi o‘yinida, hisob 3:0 bo‘lib turgan vaqtda mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan qattiq ehtiroslarga berildi.
O‘yinning so‘nggi qismida madridliklar hujumchisi Karim Benzema o‘ta qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardi. Bu vaqtda tabloda porlab turgan 3:0 hisobi xavfli bo‘lib, raqib bir gol urish orqali "Real"ning vazifasini qiyinlashtirishi mumkin edi. Benzema barchasini hal qila olmagach, Zidan hissiyotlariga erk berdi va shu asnoda shimini yirtib oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish