14:36 / 14.04.2016
3545

“Lafzi halollar” - go‘zal insoniylik fazilatlarni tarranum etuvchi film

Shuhrat Nuraliyev ssenariysi va rejissyorligida ishlangan “Lafzi halollar” nomli filmning premera kuni ma'lum bo‘ldi. 14 aprelda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan film premerasi ko‘plab muxlislarga manzur bo‘lsa ajab emas.

Film g‘oyasida go‘zal insoniylik fazilatlaridan biri bo‘lgan lafzga urg‘u berilib, ayni kunda odamlarning o‘zoro muloqoti davomida bunga juda kam e'tibor berilayotgani ochib berilgan. Masrur Usmonovning aytishiga qaraganda mazkur film uning boshidan kechirgan sinovli kunlarga asoslanib yaratilgan.

Xonanda tomonidan kuylangan “Lafzi halollar” nomli saundtrek esa film g‘oyasining yanada yorqin ifoda topishiga hissa qo‘shgan.

Filmda rollarni O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, xonanda Masrur Usmonov, Yoqub Ahmedov, Shodiyora Omonova va boshqalar ijro etishgan. Film operatori Jonrid Sagdiyev.

Top