20:08 / 14.04.2016
1629

Bekxemning qo‘shiq kuylagan o‘g‘lini Jastin Biberga qiyoslashdi

Mashhur futbolchi Devid Bekxemning o‘g‘li Kruzning qo‘shiq kuylashini kanadalik xonanda Jastin Biberga qiyoslashmoqda. Kruzning videosi dizayner va Spice Girls guruhining sobiq a'zosi Viktoriya Bekxem tomonidan instagramga joylashtirilgan.

Viktoriya videoga: “Super yoqimtoy Kruz!” – deya izoh qoldirib, #mag‘rurona xeshtegini qo‘shimcha qilgan. Mazkur rolikda Devid Bekxem va Viktoriyaning 11 yoshli o‘g‘li reper Twista va xonanda Feyt Evansning “Hope” taronasini ijro etmoqda.

Kruz musiqa yo‘nalishini tanlaydimi, yo‘qmi, bu hozircha noma'lum. Videoga yozilgan izohlarda foydalanuvchilardan biri Kruz o‘z musiqasini yaratishi lozimligini ta'kidlagan, boshqalar esa uni Jastin Biber davomchisi deya ta'riflashgan.

Bekxemlar oilasida uch o‘g‘il va bir qiz farzand bor. To‘ng‘ich o‘g‘il Bruklin fotosuratlar va modellik biznesi bilan shug‘ullanadi, 13 yoshli Romeo esa Burberry brendi bilan hamkorlik qilmoqda, deya xabar beradi Sky News.

Top