Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Golovkin Jordan brendini reklama qiladi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida jahon chempioni, (WBA (Super), IBO, WBC (Interim) va IBF kamarlari sohibi) professional ringdagi faoliyati davomida mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan qozog‘istonlik 34 yoshli bokschi Gennadiy Golovkin (34 jang, 34 g‘alaba, shundan 31tasi nokaut bilan) Nike Air Jordan brendi bilan shartnoma imzoladi.
Bungacha ushbu brend bilan faqat Roy Jons va Andre Uord bitim tuzgandi.
Kelishuvga ko‘ra, Golovkin Dominik Ueydga qarshi 23 aprel kuni Los-Anjyelesda o‘tkaziladigan jangda ushbu brend tasviri tushirilgan shortik va qo‘lqopda harakat qiladi.
"Biz GGG (Gennadiy Golovkin Gennadiyevich) bilan kelishuvga erishganimizdan xursandmiz. Uning kasbiy etikasi va uslubi hamda ishga mas'uliyat bilan yondashishi unga omad keltiradi", deydi kompaniya prezidenti Larri Miller.
Sportchining o‘zi ham bu hamkorlikdan mamnunligini bildirgan.
Bundan oldinroq, Golovkin Apple mahsulotlarini reklama qilishni boshlagandi.