20:14 / 14.04.2016
1836

Hindistonning smartfon ishlab chiqaruvchisi kelajakda kuchli beshlikka kirishni rejalashtirmoqda

Hindistonning Micromax smartfon ishlab chiqaruvchisi Nyu-Delida o‘tgan taqdimotda o‘zining ikkita yangi flagmani — Canvas 6 va Canvas 6 Pro’ni namoyish etdi. Taqdimotda aytilishicha, Micromax 3.0 taraqqiyot strategiyasi 2020 yilga qadar kompaniyani yer yuzidagi smartfon ishlab chiqaruvchilarining eng kuchli beshtaligiga olib kiradi.

Kompaniyaga bunday yuksak marrani zabt etish uchun brendning falsafasini ochib beruvchi yangi shiori yordam berishi mumkin: Nuts. Guts. Glory (“Tavakkalchilik. Fazilat. Omad”).

Canvas 6 va Canvas 6 Pro yorqin dizaynga ega bo‘lishdi. Ular 5,5-dyuymli FHD-ekranga ega bo‘ldi. Ularning piksel zichligi 401ppi bo‘lib, akkumulyator hajmi 3000 amper soatni tashkil etadi. Ikkala smartfon ham AROUND texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Top