Sport | 15:56 / 14.04.2016
1888
1 daqiqa o‘qiladi

Messi “Barselona” safida keyingi 6 yildagi eng yomon seriyasini qayd etdi

“Barselona” klubi Chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvida “Atletiko”dan (0:2) mag‘lub bo‘ldi.

Kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi esa ketma-ket beshinchi o‘yinda bironta gol hamda bironta golli uzatmaga mualliflik qila olmadi. Bu argentinalik futbolchining so‘nggi 6 yildagi eng yomon seriyasi bo‘lib turibdi.

Shuningdek, 28 yoshli futbolchi 2014 yilning aprelidan buyon ilk bor Chempionlar ligasi o‘yinida raqib darvoza tomon bironta aniq zarba yo‘llay olmadi.

U Chempionlar ligasi mavsumida gol urish bo‘yicha ham oxirgi 8 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi (6 gol).

Messining kataloniyaliklar safidagi golsiz seriyasi 452 daqiqaga yetdi. Uning faoliyatidagi eng uzoq golsiz seriya 474 daqiqani tashkil qiladi.

Muxlislar uning faoliyatidagi gollari soni 500 taga yetkazishini kutishmoqda.