Jamiyat | 19:24 / 14.04.2016
1603
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bojxonachilari yil boshidan beri noqonuniy olib o‘tilayotgan 70 ming AQSh dollarini ushlab qolishdi

Joriy yilning birinchi kvartalida Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda chetdan xorij valyutasi kirib kelishining 58 ta noqonuniy holati aniqlagan.

Joriy yilning dastlabki choragida Toshkent xalqaro aeroporti orqali bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 58 ta bojxona qoidabuzarlik holatlarida 212 mln. so‘mdan ortiq ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Olma-ota, Minsk, Yekaterinburg, Novosibirsk, Bangkok va boshqa hududlarga uchib ketayotgan yo‘lovchilardan noqonuniy olib o‘tilayotgan valyutalar ushlab qolingan.