07:45 / 14.04.2016
1488

Pentagon ballistik raketalarni yo‘q qilish uchun lazer ishlab chiqmoqda

Pentagon dushmanning ballistik raketalarini yo‘q qilishga qodir lazer yaratish ustida ishlarni davom ettirmoqda va 5 yildan keyin yangi qurolning sinovini o‘tkazmoqchi.

AQSh kongressidagi yig‘ilishda AQSh mudofaa vazirligining havo hujumiga qarshi mudofaa agentligi direktori vitse-admiral Jyeyms Siring Pentagon "barcha sa'y-harakatlarini samaraliroq va yengilroq lazerni yaratishga mujassamlashtirganini" ma'lum qilgan. U gap "nisbatan kamroq quvvatga ega bo‘lgan" qurilma haqida ketayotganini aytgan.

"Biz jangovar lazerning yakuniy namoyishini 2021 yilgacha o‘tkazmoqchimiz", deb aytdi vitse-admiral.

Vitse-admiral Pentagon yangi qurolni yaratish uchun 278 mln dollar olishni mo‘ljallayotganini qo‘shimcha qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

AQSh mudofaa vazirligi bunday qurilmalar yaratish bilan bir necha yillardan beri shug‘ullanib keladi. Avvalroq amerikaliklar "lazer pushkasini" modernizatsiyalangan Boeing 747-400F samolyoti tumshug‘ida o‘rnatishni rejalashtirishgan. Ushbu loyiha 5 mlrd dollarga yaqin turgan va 2011 yilda to‘xtatib qo‘yilgan. 

Top