18:47 / 14.04.2016
2254

Putin: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yagona valyuta joriy qilinishi mumkin

Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yagona pul birligi joriy etish ehtimolini rad etmagan holda, buning uchun tashkilotga a'zo davlatlar iqtisodiyotlari darajasi tenglashishi zarurligini ta'kidlagan. Putinning fikricha, YeI xatolarini takrorlash kerak emas, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.

YeOIIda yagona valyutani joriy qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Putin bu haqda, rossiyaliklar bilan "bevosita muloqot"ida bayon qilgan.

Rossiya yetakchisining aytishicha, Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi turli bosqichda bo‘lishiga qaramay yevro joriy etilishi katta xato bo‘lgan.

Yevroosiyo ittifoqi mamlakatlarining moliyaviy sohada integratsiyalashuvi, neft narxi keskin pasayib ketayotgan, tashkilotga a'zo davlatlar milliy valyutalarining qadri tushib borayotgan bir vaqtda, yanada jiddiyroq ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Qirg‘iziston tomoni, ittifoqdagi hamkorlarini, o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishga undagan edi.

Top